5000 dollar ishimdan olayotgan zavqimni qoplay olmaydi

Ilon Mask Floridalik o‘smirga Falcon reaktivini yorituvchi Twitter akkauntini o‘chirish uchun 5000 dollar taklif qildi.

O’smir, Floridalik 19 yoshli Jek Svini, milliarder taklifini rad etdi.

ElonJet Twitter da 150 000 dan ortiq obunachiga ega. Akkaunt Maskning parvozlarini kuzatish uchun Svini ishlab chiqgan botdan foydalanadi hamda tasmada reaktiv qachon, qayerda ko‘tarilishi yoki qo‘nishi va har safargi davomiyligi haqida ma’lumotlar berib boadi.

Kollejning birinchi kurs o’quvchisi yuqori darajadagi texnologiya magnatlarining, jumladan Bill Geyts va Jeff Bezosning sayohatlarini kuzatib boradigan o'nga yaqin boshqa parvoz bot akkauntlarini ishlab chiqishga muvaffaq bo’lgan.

Tesla va SpaceX bosh yetakchisi oxir-oqibat o‘smirga ba’zi “aqldan ozganlar” uning parvozlarini kuzatishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 5000 dollar taklif qildi. Svini 50 000 dollarni rad etdi va pulni kollejga yoki Tesla (TSLA) Model 3 modeli uchun ishlatishi mumkinligini aytib o’tdi.

"Puldan boshqa yechimlar bor. Masalan, kompaniyada malaka oshirish akkauntni o’chirib tashlashimni ancha osonlashtiradi” deb xabar qoldirdi Svini. Ammo, Mask Svinining bu xabariga javob qaytarganicha yo’q.

Svini 2018-yilda Falcon Heavy ilk bora uchirilganidan beri SpaceX muxlisi ekanligini ta’kidladi. Uning otasi aviakompaniyada ishchi xodim hisoblanib bu uning aviatsiyaga qiziqishini kuchaytirgan faktorlardandir.

"5000 dollar ishimdan olayotgan zavqimni qoplay olmaydi”, deydi Svini.