51 yillik Lamborghini Miura SV mashinasi sotuvga qo’yildi

AQSHdagi “RM Sotheby’s” auksionida 1971-yilda ishlab chiqarilgan “Lamborghini Miura SV” avtomabili sotuvga qo'yildi. Qayd etilishicha, mashina savdosi 3-3,5 million dollar foyda keltirishi kutilmoqda.

Manbaalarga ko’ra, Lamborghini Miura ushbu italyan brendini dunyoga tanitgan ilk model sanaladi. Shuningdek, ma’lum qilinishicha, yorqin va betakror dizayn, hashamatli salonga ega bo’lgan mashinani jahondagi birinchi “Supercar” ham deb atashadi.

Lamborghini Miura SV supercariga 4,0 litrli V12 motori o‘rnatilgan (yangilanib 385 ot kuchigacha yetkazilgan). Soatiga 290 kilometr tezlikda harakatlanib, o‘z davrining eng tezyurar seriyali ishlab chiqariluvchi mashinasi, deya e’tirof etilgan.