56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasiga start berildi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan 56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova ochib berdi va olimpiada qatnashchilariga omad tiladi.

Shundan so’ng Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi tashkiliy qo'mitasi raisi, Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi Stepan Kalmikov, Mendeleyev olimpiadasi hakamlar hay'ati va uslubiy komissiyasi raisi, Moskva davlat universiteti organik kimyo kafedrasi mudiri, professor Valentin Nenaydenko, ''O'zkimyosanoat '' aksiyonerlik kompaniyasi boshqaruv raisi Jo'rabek Mirzamaxmudov ham so'zga chiqib, mehmonlar va tadbir ishtirokchilarini samimiy tabrikladi.

56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi 16-maygacha davom etadi.