57 ta professional taʼlim muassasasida dual taʼlim shakli yoʼlga qoʼyilgan

Hozirda respublika boʼyicha 57 ta professional taʼlim muassasasida Germaniya tajribasi asosida ish joyida oʼqitishning dual taʼlim shakli yoʼlga qoʼyilgan.
Maktabgacha taʼlim tizimida bu oʼz natijasini bergani taʼkidlandi – pedagogika kolleji oʼquvchilari 2 kun nazariy bilimlarni kollejda oladi, qolgan 4 kun esa bogʼchalarda amaliyot oʼtaydi va ishlab, oylik oladi.
Viloyat hokimlari Oliy taʼlim vazirligi bilan birgalikda ushbu ijobiy tajribani kasb-hunar maktablari va texnikumlarda yoʼlga qoʼyish topshirildi.
Endilikda:
dual taʼlimni joriy etish uchun kasb-hunar maktablarining boʼsh maydonlarida korxonalarning ishlab chiqarish sexlari tashkil etiladi. Bunda, oʼquvchilar ushbu korxonada ishlab, oylik oladi;
korxonadagi ustozlarga asosiy ish haqidan tashqari, Bandlikka koʼmaklashish jamgʼarmasidan qoʼshimcha ustama toʼlanadi.






