60 yilda besh marta nomi o‘zgartirilgan Ostona Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Britaniyaning The Economist nashrining ma'lum qilishicha, Qozog'iston poytaxti Ostona eng ko'p nomi o'zgargan shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
Ta’kidlanishicha, "Tasavvur qiling-a, qaysi shahar eng ko'p nom o'zgarishi bo'yicha rekordchi?" nomli maqola e'lon qilinib, Ostonaning 60 yil ichida besh marta nomi o‘zgartirilgani qayd etib o'tildi.
Aytilishicha, shahar allaqachon nomini o‘zgartirish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan, 17-sentabrda esa avvalgi nomini qaytarib olgan va bu o‘z navbatida rekordni yangilagan.
Ginnesning rekordlar kitobi veb-saytining o'zida Ostona 1997-yilda Qozog'iston poytaxtiga aylangani, lekin dastlab Oqmola deb nomlangani aytiladi.
1961-yilgacha Akmolinsk deb atalgan. 1961-yildan 1991-yilgacha shahar Tselinograd nomi bilan tanilgan. Oqmola nomi esa 1991-yilda Qozog'iston mustaqillikka erishganida shahar nomi sifatida qabul qilingan.
Keyinchalik, 1998-yilda shahar Ostona, 2019-yilda Nur-Sulton deb o'zgartirilgan. 2022-yil sentabrida Prezident Qosim-Jomart To'qayevning farmoni bilan shahar avvalgi nomi – Ostonaga qaytarildi.






