Xorijdan qiymati 61,3 mln dollarga teng elektromobil import qilingan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 61,3 mln AQSh dollariga teng boʼlgan 1 912 dona elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1223 taga oshgan.

Oʼzbekiston joriy yilning 11 oyida eng koʼp elektromobil import qilingan davlatlar:

    Xitoy – 1 675 dona;
    BАА – 111 dona;
    Germaniya – 56 dona;
    Gonkong – 42 dona;
    Litva – 10 dona;
    Koreya – 7 dona;
    Boshqa davlatlar – 11 dona.