6,2 tonna xamirdan tayyorlangan pitsa Ginnesning rekordlar kitobida

AQShning Los-Anjeles shahrida videobloger “Airrack Pizza Hut” pitsa tayyorlash kafelar tarmog'i bilan birgalikda dunyodagi eng katta pitsani tayyorladi. Ma’lum qilinishicha, 4264,15 kvadrat metrlik pitsani tayyorlash uchun salkam 6,2 tonna xamir, 2,25 tonna sous, 4 tonnaga yaqin pishloq va 630,5 ming bo'lak kolbasa kerak bo'lgan.
Ginnesning rekordlar kitobi sayti ma'lumotlarida keltirilishicha, pitsaning o'lchami avvalgi rekord (4139,27 kvadrat metr)ni yangiladi.
Taom Los-Anjelesdagi konferensiya zallaridan birida qismlarga bo'lingan holda tayyorlangan, va rekord o'rnatilgach pitsa kesilib, shaharning xayriya jamg'armalariga topshirilgan.






