676 turdagi texnologik uskunalar QQS va bojxona to'lovlaridan ozod qilindi

Vazirlar Mahkamasining 04 iyun 2021 yildagi "O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojlari va qo’shilgan qiymat solig'idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro'yxati" qarori bilan tasdiqlangan.

Ro'yxat 676 turdagi texnologik jihozlarni o'z ichiga oladi, xususan:

● sutni sterillash va qayta ishlash jihozlari;
● non mahsulotlari, makaron, spagetti yoki shunga o'xshash mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun jihozlar;
● qandolat sanoati, kakao kukuni yoki shokolad ishlab chiqarish uchun uskunalar;
● go'sht yoki parranda go'shtini qayta ishlash uskunalari;
● iplarni bo'yash uchun mashinalar;
● avtomatik tikuv mashinalari;
● 50 dan ortiq, ammo 300 dan kam yo'lovchiga mo'ljallangan fuqarolik yo'lovchi samolyotlari.

Mazkur hujjat ishlab chiqarish sanoati va investitsiyalarni oshirish, shuningdek, import qilinadigan texnologik uskunalarga soliq va bojxona imtiyozlarini berish mexanizmini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.