70 yildan ortiqroq hujjatsiz mashina haydash mumkinmi?!

Qonun himoyachilari va nihoyat 70 yildan ortiq litsenziyasiz vz sug'urtasiz mashina haydagan insonni qo’lga tushirishga muvaffaq bo’ldi.

Buyuk Britaniya politsiyasi chorshanba kuni kechqurun (26 - yanvar) Nottingemda 80 yoshlardagi erkakni qo’lga tushirdi.

Xodimlarning aytishicha, u 12 yoshidan buyon mashina haydab yurganini va hech qachon politsiya tomonidan to'xtatilmaganini ta’kidlagan.

Ajablanarlisi shuki, haydovchi hech qachon halokatga uchramagan.