717 ta maktabda III chorak onlayn shaklda boshlandi

Bugun, 23-yanvardan Oʼzbekistondagi barcha maktablarda oʼqish jarayonlari boshlandi. Qayd etilishicha, sinf xonalarda havo haroratini meʼyor darajasida saqlash imkoniyati boʼlmagan maktablarda oʼquv jarayonlari vaqtincha onlayn olib boriladi.
Hududlardan olingan maʼlumotlarga koʼra, ayni damda 10 104 ta maktabdan 9 387 tasida oʼquv jarayonlari anʼanaviy, 717 tasida esa onlayn shaklda boshlandi.






