84 yil davomida bir kompaniyada ishlagan 100 yoshli menejer

Kundalik doimiy ish sizni tushkunlikka soladimi? Bir xil ishda juda uzoq vaqt ishlayotganingizdan xavotirdamisiz? Keling, 100 yoshli Valter Ortman haqida suhbatlashamiz. 100 yoshni qarshilgan bir inson braziliyadagi to'qimachilik kompaniyasida 84 yil davomida ishladi. Bu esa unga Ginnesning rekordlar kitobiga kirish imkonini berdi.

Guinness World Records Ltd. braziliyalik savdo menejeriga ‘bir kompaniyadagi eng uzoq karyera” unvonini berib, uni rekordlar kitobiga joylab qo’ydi. Ishchi yanvar oyida ushbu kompaniyada 80 yildan ko’proq vaqt davomida ishlaganini tasdiqladi.

Yuz yoshli qariya Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan bir yil oldin, 15 yoshida “RenauxView” nomini olgan “Industrias Renaux SA” kompaniyasida yuk tashish bo'yicha yordamchi bo'lib ishlay boshlagan. U tez orada sotuv menejeri lavozimga ko'tarildi va u shu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritdi.

“Ortmanning ajoyib karyera siri nimada?” degan savolga u: "O'tmish yoki kelajak bilan emas, balki hozirgi kun bilan yashang", deya javob berdi.