9 oyda 11 ta yangi masjid foydalanishga topshirildi

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Oʼzbekistonda 11 ta yangi masjid davlat roʼyxatidan oʼtkazildi va ularning soni 2112 taga yetdi.

Oʼz navbatida, 2022-yilning 9 oyi davomida 49 ta masjid qayta qurilib, 35 tasi qayta taʼmirlangan.

Bundan tashqari, hozirgi kunda respublikada 325 ta masjidda qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.