9 oylik eksport ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Bugun Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi rahbarligida "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi korxonalar ishtirokida videokonferensaloqa shaklida majlis bo‘lib o‘tdi.
Unda 2021 yilda 9 oylik va yillik eksport ko‘rsatkichlarining bajarilishi,
ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish, tut plantatsiyalarini nazorat qilish va ularni xatlovdan o‘tkazish, 101 ta investitsion loyihalarni ishga tushirish masalalari tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi.
Yuqoridagi masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriq va vazifalar berildi.






