9 yoshli Britaniyalik bolakay GCSE matemartika imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi

Odatda Buyuk Britaniya o’quvchilari 15-16 yoshda GCSE (General Certificate of Secondary Education - O'rta ta'lim umumiy attestati) matematika kurslarini yakunlaydilar ammo, Flintshir (Uels)lik Leonardo atigi to'qqiz yoshida matematika bo'yicha GCSE diplomiga ega bo’ldi.
Noyabr oyida matematika vunderkindi o'rta maktab o'quvchilari bilan alohida xonada o'tirib imtihon topshirdi. U hozir oliy matematika bo’yicha GCSE imtihoni uchun tahsil olmoqda.
U yozda uyda ta'lim olgandan so'ng matematikadan GCSE olishga qaror qildi. Uning o'qituvchisi Jeyd Ashbruk "Men uni NASA ishga olishga tayyor bo’lgan ishchi ekanligiga chin dildan ishonaman” deya ta’kidlagan edi.






