Abdulaziz Kamilov ADT Bosh kotibi bilan sheriklik aloqalarini muhokama qildi

Abdulaziz Kamilov Qo'shma Shtatlarga amaliy tashrifi chog'ida Amerika davlatlari tashkiloti Bosh kotibi Luis Almagro bilan uchrashdi.

O'zbekiston TIV rahbari ADT a’zo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni ko'paytirish, O‘zbekistonda sanoatni modernizatsiya qilish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga oid masalalarni muhokama qildi.

ADT rahbari “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaga taklif etildi.

Ta'kidlash joizki, ADT - Panamerika Ittifoqining xalqaro tashkiloti. Shimoliy va Janubiy Amerikaning 34 ta davlati tashkilotga a’zo hisoblanadi. O'zbekiston ushbu tashkilotning doimiy kuzatuvchisidir.