Abdulaziz Kamilov Finlyandiya elchisi bilan uchrashdi

3-avgust kuni Abdulaziz Kamilov Finlandiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Helsinki shahrida) Marya Liivalani mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasidagi istiqbolli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, kelgusidagi turli darajadagi tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro aloqalarning alohida masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘z o‘rnida, M.Liivala mamlakatimizda missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorligini izhor etdi.






