Abdulaziz Kamilov Nepal vakilini kutib oldi

12-iyul kuni Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga kelgan Nepal Federativ Demokratik Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bxarat Raj Podyalni qabul qildi.

Ma'lum qilinishicha, Bxarat Raj Podyal mamlakatimizga “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun keldi.

Nepal tomoni bo‘lajak konferensiya katta ahamiyatga egaligi va uning natijalari ikki mintaqaning yanada yaqinlashishiga hissa qo‘shishini alohida bildirdi.

Shuningdek muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm va madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibi muhokama qilindi.