Abdulaziz Kamilov ShHTga bagʼishlangan yigʼilish oʼtkazdi

Tashqi ishlar vaziri Аbdulaziz Komilov raisligida Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida Oʼzbekistonning 2021-2022-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) raisligining ustuvor yoʼnalishlari va vazifalariga bagʼishlangan ishchi yigʼilish boʼlib oʼtdi.

TIV maʼlumotiga koʼra, tadbirda Oʼzbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma'sullari, ekspert-tahlil va ilmiy-akademik tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.

Oʼzbekistonning ShHTga raisligi davrida tashkilot faoliyatining turli sohalarida 80 ga yaqin tadbirlar oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʼtamiz, Shanxay hamkorlik tashkilotining Dushanbedagi sammitida ushbu nufuzli tashkilotga 2021-2022 yillarda raislik qilish Oʼzbekistonga oʼtishi toʼgʼrisida qaror qabul qilindi.