Abdulaziz Kamilov ShHTning navbatdagi yig'ilishida ishtirok etadi

13-14 iyul kunlari Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Uchrashuv chog‘ida Tashkilot doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi. Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan hal qilish jarayoniga SHHTning ko‘maklashishi borasida fikr almashiladi.






