Abdulaziz Kamilov Yaponiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yaponiya tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Satoshi Nakanishi bilan uchrashdi va so'zni Tokiodagi yozgi Olimpiya o'yinlarini muvaffaqiyatli yakunlash bo'yicha tabrik bilan boshladi.

Muzokarada tomonlarni qiziqtirgan sohalarda ko'p qirrali O'zbekiston-Yaponiya strategik sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi erishilgan kelishuvlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muhim masalalar, xususan, Afg'onistondagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Kelgusi ikki tomonlama tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqoti doirasida ko'rib chiqildi.