Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibining yordamchisi bilan kelgusidagi tadbirlar jadvalini muhokama qildi

2022-yil 12-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo'yicha yordamchisi Donald Lu bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog'ida O'zbekiston-AQSh hamkorligining dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va kelgusidagi tadbirlar jadvali muhokama qilindi.
Tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 13-dekabr kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashgan edi.

Uchrashuvda AQSh tomoni yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan demokratik o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qilgandi.