Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ayni damda Germaniyada

1-mart kuni Berlin shahrida ikki davlat Savdo-sanoat palatalari ishtirokida tashkil etilgan Oʻzbekiston–Germaniya biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmari xabar berdi.
Qayd etilishicha, forumda ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, Savdo-sanoat palatalari, xolding kompaniyalari rahbarlari hamda 400 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.
Bugun, 2-mart kuni Gamburgda “Oʻzbekiston iqtisodiyoti kuni” boʻlib oʻtadi va unda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov taqdimot qiladi.






