Abdulla Aripov Samarqandda malayziyalik ziyoratchilar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Samarqandda, Go'ri Amir maqbarasi yonida Malayziyadan kelgan birinchi ziyoratchilar guruhi bilan uchrashdi.
Malayziyalik turistlar Abdulla Aripovga qadimiy Samarqandni ziyorat qilish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirib, o‘z his-tuyg‘ularini “Biz O‘zbekistonni sevamiz!” degan so‘zlar bilan izhor etishdi.
Shuningdek, Registon maydonida Andijon viloyatidan kelgan bir guruh turistlar Bosh vazir bilan esdalik uchun suratga tushishdi.
Bayram kunlari ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizning turli hududlaridan muqaddas qadamjolarga ommaviy sayohatlar uyushtirildi.






