Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishida turnir championi bo’ldi

Ozarbayjon poytaxti Baku shahridagi Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha xalqaro turnirda dunyoning 10 grossmeysterlari qatorida rapid bo‘yicha jahon chempioni, Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Abdusattorov ham bosh ishtirok etmoqda.

Musobaqaning kecha yakuniga yetgan rapid yo‘nalishidagi bahslarida yurtdoshimiz turnir chempioniga aylandi.

Qayd etilishicha, Nodirbek uchinchi kun dasturida 1 g‘alaba va 2 durang natija qayd etdi va 14 ochko bilan xalqaro xotira turniri g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Nodirbek Abdusattorov 7-turda eng yaqin ta’qibchisi ozarbayjonlik Rauf Mamedovni mag‘lubiyatga uchratdi. Ruminiyalik Richard Rapport hamda so‘nggi turda hindistonlik Gukesh bilan during natija qayd etildi.

Yakuniy turnir jadvaliga ko’ra, Nodirbek Abdusattorov – 14 ochko, Valyexo, Mamedov - 12, Van Xao - 10, Rapport, Mamed’yarov - 8, Gadimbeyli, Gukesh - 7, Shenklend, Suleymanli – 6 ochkoga ega.