Abdushukur Xamzayev O'zbekiston Ekologik partiyasiga rais etib saylandi

19-dekabr kuni O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi Plenumida partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisligiga Xamzayev Abdushukur Xudoykulovich nomzodi saylandi.

Ma’lumot uchun, Xamzayev Abdushukur Xudoykulovich 1973-yilda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tugʼilgan. 1995-yil Samarqand qishloq xoʼjalik institutini, 2013-yil Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi agronom olim. Qishloq xoʼjalik fanlari doktori, professor.

Uzoq yillar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bilan shugʼullunib, ilmiy-pedagogik, rahbarlik tajribasiga ega.

2022-yil iyun oyidan buyon Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʼmitasi raisi oʼrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

17 ta qishloq xoʼjalik ekin navlari va 16 ta ixtiro patenti muallifi, uning 270 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan.