Adham Ikramovga Bright Uzbekistan jurnali taqdim etildi

Bright Uzbekistan xalqaro jurnalining ilk soni avvalambor mutasaddi tashkilotlar va ularning rahbarlari qo'liga yetkazilmoqda. Shu o'rinda yangi saylangan Sportni rivojlantirish Vaziri Adham Ikramovga ham jurnal taqdim etildi va loyihaning kelgusi sonlari borasida vazirlik bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Bright Uzbekistan loyihasiga qadam bosilgandan buyon, yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shayotgan davlat tashkilotlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Birinchilardan bo'lib, o'sha vaqt Adham Ikramov boshchilik qilayotga Savdo Sanoat Palatasi bilan mustahkam rishtalar o'rnatildi va hanuz davom etmoqda.
Adham Ikramov jurnalni varroqlab, u juda qiziq va ma'lumotga boy ekanligini hamda yuqori darajada tayyorlanligiga urg'u berdilar. Qolaversa, jurnalning keyngi sonlarida yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan sportchilarimizni ham yoritish takliflarini berdilar.






