Adliya spartakiadasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 10-12-iyun kunlari Adliya spartakiadasi o‘tkaziladi.

Spartakiadani o‘tkazishdan maqsad: Prezidentning 2020-yil 30-oktabrdagi farmoni ijrosini ta'minlash, Adliya vazirligi tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishini rag‘batlantirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida jamoaviy va do‘stona muhitni shakllantirish hisoblanadi.

Spartakiadada vazirlik markaziy apparati hamda hududiy adliya organlari xodimlari quyidagi sport turlarida o‘zaro bellashadi:

mini-futbol;
stol tennisi;
shaxmat;
badminton;
armrestling va boshqa.
Sport turlari "team building" shaklida bo‘lib o‘tadi.