Adolat partiyasi deputati o'z partiyasidan nomzodga qarshi chiqdi

Prezident saylovida "Adolat" partiyasidan Bahrom Abduxalimov ishtirok etishi haqida avval xabar bergan edik. Partiya viloyat kengashi deputati Muhammad Ismoilov Abduxalimov nomzodiga qarshi chiqdi.
Ismoilovning so'zlariga ko'ra, prezidentlikka taklif qilingan nomzod partiya vakillari bilan uchrashmagan va ko'pchilik uning rejalari va dasturi haqida bilishmaydi.
"Uning dasturi haqida hech kim bilmaydi. U ijtimoiy tarmoqlarni boshqarmaydi va matbuot bilan muloqot qilmaydi. Uning siyosiy qarashlari va qanday rejalari borligi noma'lum. Prezidentlikka o'z partiyasi ichida ham noma'lum bo'lgan nomzodni ko'rsatish to'g'rimi? Partiyamizda iste’dodli odamlar ko'p.” - dedi Ismoilov.






