Adxam Ikramov TDT Savdo-sanoat palatalarining Boshqaruv raisi o‘rinbosari etib saylandi

Istanbulda Turkiy davlatlar tashkiloti Savdo-sanoat palatalari ittifoqining Bosh assambleya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda TDT Savdo-sanoat palatalarining Boshqaruv raisi o‘rinbosari etib O'zbekistonning Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov saylandi.
Shuningdek TDT Savdo-sanoat palatalarining Boshqaruv raisi etib Turkiya Savdo-sanoat palatalari va birjalar ittifoqi prezidenti Rifat Hisarchiklio'g'lu saylandi.
Assambleya yig'ilishiga TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va TDT mamlakatlari Investitsion fondi raisi Bagdod Amreyev raislik qilishdi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad TDT'ga a'zo mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.






