«Аeroflot» yangi reyslarni yo’lga qo’ydi

Rossiyaning “Аeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Аntaliyaga parvozlarni yoʼlga qoʼydi. Аviatashuvchining xabar berishicha, shimoliy poytaxtdan Oʼzbekiston poytaxti va Turkiyaning mashhur kurortiga reyslar haftada uch marta – dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Parvozlar uchun Boeing 737-800 samolyotlari xizmat qiladi.