Aeroport rekonstruksiyasi 2023-yilda yakunlanadi

Toshkent xalqaro aeroporti terminalini rekonstruksiya qilish jarayonlari 2023-yil oxirigacha yakunlanadi.
Shuningdek, taksi xizmati faoliyati, tariflar o'rnatiladi va to'xtash joylari avtomatlashtiriladi, joy tanlash va to’lov jarayonlari onlayn ravishda amalga oshiriladi.
Ma’lumot o’rnida, rekonstruksiyaning birinchi bosqichi o‘tgan yilning sentabr oyida yakunlandi – uchish zalining o‘ng tomoni, uchish-qo‘nish yo‘lagi-1 kapital ta’mirlanib, jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ikkinchi qavatga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgich, avtomobillarni ro‘yxatga olish tizimi bilan jihozlangan edi.






