Afg‘oniston-O‘zbekiston chegarasida Xalqaro savdo markazi ochildi

“Tolonews”ning qayd etishicha, 27-dekabr kuni Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan Termiz xalqaro savdo markazining birinchi qismi ochildi.

Ta’kidlanishicha, qo‘shma bozor ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Bozorda to'rt ming do'kon, sog'liqni saqlash markazi, restoran, shuningdek, ishlab chiqarish va logistika uchun alohida maydon mavjud.

Bu savdo bozorining barcha qismlari qurib bitkazilishi bilan Afg‘oniston fuqarolari ushbu bozorga vizasiz kirib, o‘n kungacha bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

“Ushbu yirik loyihaga kamida 75 million dollar sarmoya kiritildi hamda Afgʻoniston va Oʻzbekistondagi savdogarlar uchun katta savdo imkoniyatlari yaratildi”, deydi rahbariyat.

Ma’lum qilinishicha, bozorning ikkinchi qismi 2023-yilning birinchi uch oyida savdogarlar uchun ochiq bo'lishi aytilgan.