Afg’on universitetlari ayollarga qayta bag’r ochmoqda

Afg'oniston davlat universitetlari 2 - fevraldan ochilishni boshladi. Tolibon hukumat tepasiga kelganidan beri ilk bora ayollar universitet kampuslariga qaytishiga ruxsat berildi.

Tolibon ma'muriyati universitet ayol talabalar bo'yicha o'z qarorini rasman e'lon qilmagan bo’lsada, ta'lim rasmiylari ayollarga erkaklardan ajratilgan holda darslarga qatnashishga ruxsat berilganini ta’kidlamoqda.

Nangarhor universiteti rahbari Xalil Ahmad Bixsudval Reyter agentligiga institutning erkak va ayol talabalari darslarga alohida qaytnashishlari haqida xabar bermoqda.

Afgʻoniston Oliy taʼlim vazirligi rasmiysi Shaker Vohidiy CNN telekanaliga iliq viloyatlardagi Nangarhor, Paktiya, Paktika va Qandahordagi davlat universitetlari chorshanba kunidan boshlab barcha erkak va ayol talabalar uchun qayta ochilishini aytib o’tdi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, mart oyida mamlakatning sovuqroq hududlaridagi universitetlar barcha uchun to’liq ochiladi.