Afg’oniston: ayollar uzoq masofani yolg’iz bosib o’tmaydilar

Toliblar uzoq masofaga avtomobilda sayohat qilmoqchi bo‘lgan afg‘on ayollariga faqat erkak qarindoshi hamrohligida sayohat qilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Yakshanba kuni ommaga taqdim etilgan direktivada ma'lum qilinishicha, 45 mildan (72 km) ko'proq masofani bosib o'tadigan ayollarga erkak oila a'zosi hamroh bo'lishi kerak.
Hujjatda, shuningdek, transport vositalari egalarini islomiy bosh yoki yuz yopinchiq taqmagan ayollarga sayohat qilishdan bosh tortishga chaqirilgan, ammo, unda qaysi turdagi yopinchiqdan foydalanish kerakligi aytilmagan.
Yangi cheklov avgust oyida islomiy guruh hokimiyatni qo‘lga kiritganidan buyon ayollar huquqlariga qo‘yilgan so‘nggi cheklovdir.
Aksariyat o'rta maktablar qizlar uchun yopiqligicha qolmoqda, aksariyat ayollarga esa ishlash taqiqlangan.






