Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi talaba yoshlari bilan uchrashuv

Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazining temir yo‘l yo‘nalishida tahsil olayotgan afg‘onistonlik talaba yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. X.Hasilov, shuningdek, Afg‘oniston temir yo‘llari bosh direktori Baxt Ul-Raxmon Sharofat hamda uning texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Seddiki Abdul Bari ishtirok etdi.
Poytaxtimizda o'tkazilgan "Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish" Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida talaba-yoshlarning istiqbolli rejalari, O'zbekistonda temir yo'l sohasining tegishli bo'linmalari korxonalarida amaliyot o'tash uchun sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.
Temir yo'l tarmog'i korxonalarida taqsimlash orqali bitiruvchilarni ishga joylashtirish imkoniyati muhokama qilindi, bu esa o'z navbatida malaka oshirish va tajriba orttirishga xizmat qiladi.






