Аfgʼonistonda nomaʼlum infeksiya tarqalmoqda

Ma’lumotlarga ko’ra noma’lum kasallik bolalarda yuqori isitma va burundan qon ketishi bilan namoyon bo'lmoqda. Ayni damda shifokorlar tomonidan infeksiyaga aniq taʼrif berilmagan.

Qayd etilishicha, Zobul viloyatida tarqalayotgan infeksiya oqibatida 2 bola vafot etgan va 80 nafarga yaqin fuqaro ushbu kasallikga chalingan.