Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordami joʻnatildi

Bugun, 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining birodar afgʻon xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yuki ortilgan 9 ta maxsus yuk mashinasi Termiz orqali Afgʻonistonning Hayraton shahriga joʻnatildi.
Shu munosabat bilan Balx viloyati Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi.






