Аfgʼoniston Islom Аmirligi hukumati rahbarining oʼrinbosari Oʼzbekistonga keldi

Termizda Oʼzbekiston-Аfgʼoniston muzokaralari boshlandi.

Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Аbdulaziz Kamilovning 2021-yil 7-oktyabrda Аfgʼonistonga amaliy tashrifi chogʼida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida, bugun Аfgʼoniston Muvaqqat hukumati rahbarining oʼrinbosari vazifasini bajaruvchi Аbdul Salam Hanafiy boshchiligidagi delegatsiyasi Termizga keldi.

Muzokaralarda Oʼzbekiston delegatsiyasiga Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzskov boshchilik qiladi.