Afg‘oniston Rossiyadan neft sotib olmoqchi

Xabar qilinishicha, Afg‘oniston Rossiyadan 5 ming tonna neft sotib olishni rejalashtirmoqda. Qolaversa, Kobul Rossiya bilan 2 million tonna bug‘doy importi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqchi.
Avvalroq Afg‘onistonning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili Jamol Nosir Garval afg‘on hukumati Rossiya bilan moliya hamda biznes sohalarida hamkorlik qilishga qat’iy qaror qilgani, biroq Kobul uchun neft va gaz xaridlari ustuvorligicha qolayotganini aytgan edi.
Jamol Nosir Garval ta’kidlaganidek, Rossiyadan neft va gaz sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.






