"Afg‘onistonni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas", - Shavkat Mirziyoyev.

BMTning 76-sessiyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev videomurojaat bilan so‘zga chiqdi.
Bizning asosiy maqsadimiz – Markaziy Osiyoni farovon va barqaror rivojlanayotgan, ishonch va do‘stlik makoniga aylantirishdir. Buning uchun biz qo‘shni va yondosh mintaqalar bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz, - dedi prezident.
O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash to‘g‘risidagi BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surgan haqida ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan Afg‘oniston Markaziy Osiyoning uzviy qismi ekani yana bir bor ta’kidlandi.
Hozirgi qiyin davrda Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas, - deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.






