Afrika Millatlar Kubogi ob-havo noqulayligi sababli 1 yilga kechiktirildi

2023-yilgi Afrika Millatlar Kubogi 2024-yilning yanvariga koʻchiriladi. Fransuz manbalarining xabariga koʻra, bunga ob-havo sharoiti sabab boʻlgan.

Bir muddat avval Kot-dIvuarda suv toshqinlari sodir boʻlgan edi, shu bois Afrika futbol konfederatsiyasi rahbariyati turnirni bir yilga kechiktirishga qaror qildi.

Eslatib oʻtamiz, turnirning amaldagi gʻolibi Senegal terma jamoasi hisoblanadi. Kamerunda boʻlib oʻtgan musobaqa finalida Senegal Misrni penaltilar seriyasida magʻlub etgan edi.

Qitʼa chempionatining saralash turniri 2022-yil 23-martda boshlandi va 2023-yil 28-martda yakunlanadi. Final bosqichi esa 23-iyundan 23-iyulgacha boʻlib oʻtishi kerak edi.