AhadMix Group dzyudo bo‘yicha jahon chempionati uchun yoritish uskunalarini taqdim etdi

6-13-oktabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. AhadMix Group jamoasi mamlakatimizdagi tarixiy voqealarning bir qismi ekanligidan faxrlanadi. Jamoa xalqaro tanlovni texnik qo‘llab-quvvatlashga mas’ul bo‘ldi va professional yoritish uskunalari hamda yuqori sifatli LED ekranlarni o‘rnatish bilan shug‘ullandi.
Yastreb Sound hamkor kompaniyasi musobaqani ovoz uskunalari bilan ta’minladi. Ta’kidlash joizki, ish sifati Dzyudo federatsiyasi mutaxassislari tomonidan baholandi va tekshirildi, belgilangan xalqaro standartlarga muvofiqligi tasdiqlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, dzyudochilarimizning chiqishlarini tribunadan tomosha qildi. Shu kuni respublikaga ilk oltinni yurtimiz sportchisi Davlat Bobonov olib keldi va shaxsan prezident tomonidan taqdirlandi. Musobaqa O‘zbekistonga 90 kgdan 100 kggacha bo‘lgan vazn toifalarida jami 2 ta oltin medal keltirdi
Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatini tashkil etishda Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sportni rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining xizmatlari katta bo‘ldi. Ular musobaqani O‘zbekistonda o‘tkazish g‘oyasini himoya qilib, mamlakatimiz xalqaro miqyosdagi tadbirlarni jahon qoidalariga muvofiq o‘tkazishga qodirligini isbotladi.
AhadMix Group jamoasi mamlakatimizda yirik global tadbirlarni o‘tkazish va ularning birinchi darajali tashkil etilishiga hissa qo‘shish imkoniyatini yuqori baholaydi. Kompaniya chempionatning oltin medal sohiblarini tabriklaydi va tashkilotchilarga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi.
Hamkorlik va yangi loyihalar uchun doimo ochiq bo’lgan AhadMix Group yuqori sifatli va tezkor xizmat tamoyillariga amal qiladi.
Tadbirlarni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998 (99) 880−91−19.
Instagram: @ahadmix_group






