AhadMix Group hashar doirasida poytaxtdagi LED-monitorlarni tozaladi

O‘zbekiston hukumatining farmoyishi bilan 30 aprel umumxalq xayriya hashari deb e’lon qilindi. AhadMix Group kompaniyasi ham ushbu muhim tashabbusga qo‘shildi va shahardagi o‘z konstruksiyalarini tozalash ishlarini amalga oshirdi.
AhadMix Group kompaniyasi – Toshkent shahridagi gavjum joylarda 40dan ortiq yorug‘lik diodli ekranlarga ega tashqi reklama sohasidagi yetakchi operatorlardan biri.
AhadMix Group jamoasi reklama translyatsiya qilinuvchi LED-monitorlar o‘rnatish uchun shaharning eng aholi gavjum hududlarini tanlaydi. Eng muhimi, kompaniya doimo har bir konstruksiyaning ozodaligini ta’minlashni o‘z burchi deb hisoblaydi, chunki bu poytaxtimizning go‘zal qiyofasi bilan bevosita bog‘liq.
30 aprel kuni butun AhadMix Group jamoasi umumxalq hashari doirasida ekranlarni chang va kirdan tozalab, shahar tozaligiga o‘z hissasini qo‘shdi. Bu shuningdek, tasvir sifati aniq bo‘lishi, ekranlar esa uzoq vaqt xizmat qilishi uchun ham muhim hisoblanadi.






