AhadMix Group: Tunda yorug’likni avtomatik sozlaydigan sensorlarga ega LED ekranlar

AhadMix Group tunda yorqinlikni sozlaydigan yorug'lik sezuvchi sensorlarga ega innovatsion LED ekranlarda reklama joylashtirish xizmatlarini taklif etadi.

Toshkent ko'chalarida har kuni millionlab odamlar harakatlanadi. Shu sababli, LED ekranlar mahsulot va xizmatlarni taqdim etishning eng samarali va ommabop usullaridan biriga aylanmoqda. Reklama monitorlari yordamida brendlar potentsial mijozlarga o'zlari haqida ma'lumot berishlari, maqsadli auditoriyaning ishonchini oshirishlari, shuningdek, raqobatbardosh ustunliklarini e'lon qilishlari mumkin.

Toshkentdagi tashqi reklama bozorining asosiy raqobatbardosh yuqori o’rindagi kompaniyalardan biri bu LED ekranlarni o‘rnatishga ixtisoslashgan AhadMix Group kompaniyasidir. Ushbu sohada 12 yildan ortiq tajribaga ega AhadMix Group oʻz mijozlariga keng qamrovli reklama kampaniyalari hamda mahsulot va xizmatlar namoyishi uchun yorqin va yuqori texnologiyali monitorlarning keng assortimentini taklif etadi.

AhadMix Group kompaniyasi Toshkentning turli tumanlarida 50 ta ekranga ega. LED ekranlarni o'rnatish uchun joy tanlashda kompaniya mutaxassislari hududni to'liq o'rganish va yo'l harakati tahlilini o'tkazishlari sababli ekranlar shaharning eng gavjum nuqtalariga o'rnatilgan. Ular, shu bilan birga, avtomobillar oynasidan ham, piyodalarga ham qulay ko’rinishni ta’minlaydigan qilib o’rnatilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligini, aholining qulayligini ta’minlash va energiyani tejash maqsadida AhadMix Group’ning barcha monitorlari yorug‘likni sezuvchi sensorlar bilan jihozlangan. Shu sababli, kechqurun AhadMix Group LED ekranlarining yorqinlik darajasi avtomatik ravishda qulay darajaga tushiriladi. Bunday oqilona yechim kechqurun ekranlar haydovchilarning "ko'zini qamashtirmasligini", piyodalar va yaqin atrofdagi uylar aholisi uchun noqulaylik tug'dirmasligini ta’minlaydi.

AhadMix Group texnologik va innovatsion LED ekranlarning keng assortimentiga ega. Ular orasida:

-360 daraja ko'rish burchagiga ega ekranlar;
-mobil telefon ko'rinishidagi ekranlar;
-keng ekranlar;
-Avtomobillarga o’rnatilgan ekranlar.

AhadMix Group Toshkentning jamoat hayotida faol ishtirok etish maqsadida o‘z ekranlarida nafaqat brendlarning reklama materiallarini, balki fuqarolar uchun foydali ma’lumotlarni ham joylashtiradi. Xususan, AhadMix Group’ning ayrim ekranlarida siz harakat tezligi, tirbandlik va havo harorati haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishingiz, shuningdek, mamlakatning asosiy yangiliklari bilan tanishishingiz mumkin.

Butun bahor davomida AhadMix Group’ning tadbirkorlarga reklama joylashtirish uchun maxsus takliflari amal qiladi.

AhadMix Group ekranlari Toshkent ishbilarmon doiralari orasida juda mashhur. Kompaniya mijozlari orasida yirik mahalliy va xorijiy kompaniyalar, davlat tashkilotlari va mashhur brendlar bor.

Reklama shartlari haqida batafsil ma'lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
(+998) 94−657−33−33
(+998) 97−750−50−10