«Аholini rozi qilish boʼyicha hali oldimizda koʼplab vazifalar turibdi» – Prezident

Davlatimiz rahbarining topshirigʼiga muvofiq hududlarga ishchi guruhlar yuborilib, ular 9 370 ta mahallaning har biriga kirib, aholining kayfiyatini oʼrganib, uni qiynayotgan muammolar roʼyxatini shakllantirdi.
Аholi tomonidan yoʼl, ichimlik suvi, sugʼorish tizimi, elektr, taʼlim va tibbiyot bilan bogʼliq 12 mingta masala va taklif koʼtarilgan.
“Barcha hokim va vazirlar eshitib olsin. Prezident siyosati va talabi shunday: hech bir fuqaro oʼzining muammolari bilan yolgʼiz qolmasligi kerak. Аholi kayfiyati – islohotlarimiz va siyosatimizning koʼzgusi.
Katta-kichik boʼladimi, aholimiz koʼtargan har bir muammoga oʼz vaqtida munosabat bildirish, ularni bosqichma-bosqich hal qilish barcha darajadagi rahbarlarning eng ustuvor vazifasi boʼlishi shart va zarur”,- dedi Prezident.






