AI-80 markali benzinning narxi pasaydi

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida 8 yanvar kuni ertalabki sessiyada o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra AI-80 markali avtomobil benzinining narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 7 474,4 ming so‘mni tashkil qildi. Bu avvalgi kunga, ya’ni 7 yanvarga nisbatan 6,3% ga kamdir.
AI-80 markali avtomobil benzinning birjadagi narxi litrga o‘tkazilganda mahsulotning bir litri tahminan 5700 so‘mni tashkil qiladi.
Ayni paytda birja savdolariga AI-80 markali avtomobil benzini sotuvchi korxonalar tomonidan barqaror ravishda birja savdolariga qo‘yib borilmoqda.






