Akbar Joʻrayev: Yilning eng yaxshi sportchi-talabasi deya eʼtirof etildi

 
“Yil talabasi-2021” anʼanaviy koʻrik-tanlovining “Yilning eng yaxshi sportchi-talabasi” nominatsiyasida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Koʻpkurash fakulteti Ogʻir atletika taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Akbar Joʻrayev 1-oʻringa munosib deb topildi.
 
Eslatib o'tamiz, Akbar Joʻrayev 2021-yilda Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionligini qoʻlga kiritib, Olimpiada rekordi va Toshkentda oʻtkazilgan Jahon chempionatida jahon rekordini yangilagan. Shuningdek, u mamlakatimizda 2021-yil yakunlariga koʻra “Yilning eng yaxshi sportchisi” deb topilgan.