AKFA Group birinchi marta Dubaydagi The Big 5 Show qurilish ko'rgazmasida ishtirok etdi

O'zbekiston kompaniyasi ilk bor The Big 5 xalqaro keng tarmoqli qurilish ko'rgazmasida ishtirok etmoqda. Tadbir 12-15 sentyabr kunlari Dubay jahon savdo markazida bo'lib o'tmoqda. O'zbekiston Respublikasini, yurtimizdagi eng yirik sanoat xoldinglaridan biri hisoblangan AKFA Group taqdim etadi.
The Big 5 Show xalqaro keng tarmoqli qurilish ko'rgazmasi 12 sentyabr kuni o'z ishini boshladi va shu oyning 15-sanasiga qadar davom etadi. Ta'kidlash joizki, loyihaning 40 yillik tarixi davomida bu mamlakat manfaatlarini ifodalovchi O'zbekistonning birinchi kompaniyasi hisoblanadi. Har yili tadbir 2500 eksponentlari va 68 000 mehmonlari uchun biznes va axborot platformasi bo'lib xizmat qiladi.
Xoldingning ekspozitsiyasi 216 kvadrat metrga teng bo'lib - ko'rgazmadagi to'rtta yirik ekspozitsiyalaridan biridir. Bu yil AKFA Group kompaniyasi 2 ta yo'nalishdagi 9 xil maxsulotni ko'rgazmada taqdim etdi: ular AKFA Windows&Doors (oyna-eshik tizimlari) va AKFA Comfort (isitish echimlari). Bundan tashqari, kompaniya mehmonlar uchun interaktiv AR stendini taqdim etdi. Uning yordami bilan tashrif buyuruvchilar kompaniya faoliyatining barcha yo'nalishlari va O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
"O'ylaymanki, yaqin 10 yil ichida O'zbekistonda katta qurilish tendentsiyasi saqlanib qoladi, xalqaro bozor esa qurilish sohasida salohiyatni ro'yobga chiqarish uchun ajoyib sharoit yaratadi. Biz uchun bunday keng ko'lamli tadbirda ishtirok etish va tajriba almashish imkoniyati katta yutuqdir", dedi AKFA Group xoldingi Bosh direktori Kamran Gulamov.






