Akfa kompaniyasi yangi bozorlarga chiqadi

Alyuminiy profillar ishlab chiqaruvchi yirik o'zbek kompaniyasi bo'lmish AKFA Group Fransiya bozoriga kirib kelayotgani ma'lum bo'ldi. 11 mart kuni tovarlarning birinchi partiyasi jo'natildi.

Bu haqda AKFA Group bosh direktori vazifasini bajaruvchi Kamron Gulamov o'zining Instagram sahifasida ma'lum qildi. "Do'stlar, men eksport bo'yicha vakilimizdan ajoyib yangilik oldim: biz hozirgina BENKAM Alu Extrusions bilan alyuminiy profillarning birinchi partiyasini Fransiyaga jo'natdik. Fransiya alyuminiy bozoriga kirish ba'zi qiyinchiliklarga ega, chunki mamlakat proteksionizm siyosatiga amal qiladi va tashqi omillardan yopiq hisoblanadi. Fransiyaga alyuminiy profillarini etkazib berish bo'yicha bitimning imzolanishi AKFA Groupning Yevropadagi ishtirokini oshirish strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam bo'ldi ", deyiladi xabarda.