Akmal Mahmudaliyev Sirdaryo hokimi boʻldi

Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Azimjonovich Mahmudaliyev nomzodi tasdiqlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasida ma’lum qilindi.
Davlat rahbari Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Azimjonovich Mahmudaliyev nomzodini tavsiya etdi.
Nomzod hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalarini taqdimot qilgach, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Akmal Mahmudaliyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.
Maʼlumot uchun, Akmal Mahmudaliyev 2022-yildan beri Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.






